Joriy yilning 9 oyida Özbekistonga pul ötkazmalari hajmi 11,3 mlrd dollarga yetib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 34,8 foizga köpaygan. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 31 oktyabr kungi matbuot anjumanida aytib ötdi. 

2024 yilda Özbekistonga eng köp iyul (1 mlrd 785 mln dollar) va avgust (1 mlrd 555 mln dollar) oyida pul ötkazmalari amalga oşirilgan.

Uç çorak davomida pul ötkazmalarining salmoqli qismi quyidagi davlatlardan ötkazilgan:

  • Rossiya — 8,8 mlrd dollar;
  • Qozoğiston — 625 mln dollar;
  • Janubiy Koreya — 420 mln dollar;
  • AQŞ — 415 mln dollar;
  • Turkiya — 291 mln dollar;
  • Buyuk Britaniya — 93 mln dollar;
  • Polşa — 48 mln dollar.

«10 oyda Özbekistonga 12,5 mlrd dollarlik pul ötkazmalari kelib tuşdi. Bunda ösiş körsatkiçi Rossiyadan 35 foiz, Buyuk Britaniyadan 67 foiz, Janubiy Koreyadan 76 foiz, Polşadan 97 foiz, BAAdan 66 foiz böldi», deya ta’kidladi MB raisi.