O‘zbekiston | 12:42 / 10.10.2016
4776
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyalik tadbirkorlar O‘zbekistonda muzokaralar olib boradi

Foto: UzReport

10−11 oktabr kunlari Yaponiya ishbilarmon doiralari delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Yaponiya Tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO) tomonidan uyushtirilayotgan tashrifdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistondagi investitsion muhit, iste'mol bozori salohiyatini o‘rganish hamda mamlakat kompaniyalari bilan uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatishdan iborat.

JETRO`ning Toshkentdagi vakolatxonasi «Gazeta.uz» nashriga bergan xabarga ko‘ra, delegatsiya tarkibidan qurilish materiallari, elektronika, elektr xo‘jalik texnikalari, oziq-ovqat sanoati, kantselyariya mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniyalar hamda Xalq iste'moli mahsulotlari eksporti agentligi (FMCG) vakillari o‘rin olgan.

Tashrif doirasida o‘zbek va yapon tadbirkorlari o‘rtasida kooperatsion birja o‘tkazish belgilangan. Xuddi shunday marosim Toshkentda 2014 yilda ham bo‘lib o‘tgan edi.

Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi qoshida tashkil etilgan JETRO hukumat tashkilotining vakolatxonasi Markaziy Osiyoda faqatgina Toshkentda faoliyat yuritadi. Tashkilot 55 mamlakatda 74ta xorijiy vakolatxonaga ega hisoblanadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish