Light | 19:52 / 13.10.2016
30541
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng qimmat uyning bahosi ma'lum qilindi

FOTO: GROUPE MARZOCCO

Monakoda qirollikning eng baland binosi - "Odeon minorasi" (Odeon Tower)da joylashgan pentxaus sotuvga qo‘yildi. Osmono‘par binoning besh qavatini egallagan kvartira 335 million dollarga baholandi - bu jahon ko‘chmas mulk bozoridagi mutlaq rekord narx hisoblanadi. Mansion Global nashri shu haqida xabar berdi.

Pentxausning umumiy maydoni deyarli 3 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. U yerda standart turar joy va texnik inshootlardan tashqari, ajoyib hovuz va raqs maydoni ham bor. Pentxausning tomida maxsus dam olish zonasi mavjud.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoning eng qimmat kvartirasini qo‘lga kiritish maqsadida bir necha salohiyatli xaridorlar qiziqish bildirishgan, biroq hozircha uning sotuviga doir aniq kelishuvlar yo‘q. 

Bundan avval Savills kompaniyasi tahlilchilari 2016 yilda Monakodagi ko‘chmas mulkning o‘rtacha narxi 2,1 million yevroni tashkil qilishi haqida xabar berishgandi. 2010 yildan buyon qirollikdagi uy-joylar yiliga o‘rtacha 5,8 foizga qimmatlashmoqda. 

Monako nafaqat turar joy sotuvi bo‘yicha, balki uning ijarasi bo‘yicha ham yuqori bahosi bilan ajralib turadi. Airbnb ma'lumotlariga ko‘ra, qirollikda kvartira ijarasining sutkalik o‘rtacha narxi - 300 dollardan ortiq. 

 

Mavzuga oid