Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Astronavt qayta ishlangan peshob ta'mi haqida so‘zladi
Angliyalik astronavt Timoti Pik Shotlandiyaning Glazgo ilmiy markazidagi tadbirda Xalqaro fazoviy stansiyasi (XFS) bortida yashagani haqida so‘zlab berdi. Jumladan, u inson peshobi qayta ishlanishi natijasida olingan ichimlik suvi haqidagi taassurotlarini bo‘lishdi. Bu haqida MailOnline nashri xabar qilgan.
Pik ishtirok etgan fazoviy missiya Principia deb nomlangan bo‘lib, 6 oy davom etdi. Astronavtning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ur kosmodromida kema uchishidan avval jamoa bortda Queen, Coldplay va U2, shuningdek, Europe rok guruhining Final Countdown qo‘shiqlarini tinglashdi. Shuningdek, Pikning aytishicha, XFSdagi suv qayta ishlangan peshobdan olinishiga qaramay, ajoyib ta'mga ega.
Astronavtning so‘zlab berishicha, fazoviy stansiyada davomiy qolib ketish yurak-qon tizimini juda «charchatib», suyak zichligini kamaytirmoqda, u teri qarishini tezlashtirib, ko‘rish qobiliyatini pasaytiradi va mushaklarni zaiflashtiradi. Biroq Yerga qaytgach, bir oy o‘tgandan so‘ng organizm deyarli to‘liq o‘z holiga qaytadi.
Timoti Pik ayni damda yagona angliyalik astronavt va ochiq fazoga chiqqan birinchi britaniyalik hisoblanadi. Uning ekspeditsiyadagi ishtiroki 2015 yilning 15 dekabrida «TMA-19M uyushmasi» kemasi ekipaji tarkibida Yuriy Malenchenko (Rossiya) va Timoti Kopra (AQSh) bilan birga boshlangan. U Yerga 2016 yilning 18 iyun kuni qaytgandi.