Fan-texnika | 16:46 / 19.10.2016
5728
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung kompaniyasi dunyo aeroportlarida Galaxy Note 7 almashinuv punktlarini ochmoqda

Foto: thenews

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics korporatsiyasi dunyo aeroportlarida do‘konlar tarmog‘ini ochadigan bo‘ldi, bu yerda muammoga duch kelgan Galaxy Note 7 smartfonlari egalari ularni boshqa qurilmalarga almashtirishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqida VVS xabar berdi

Note 7 egalarining bu smartfon evaziga qanday telefon olishlariga aniqlik kiritilmadi. 

Janubiy Koreya hamda San-Frantsisko aeroportlarida almashinuv punktlari ishga tushib ulgurdi. Tez orada bunday punktlar AQShning boshqa aeroportlari va Avstraliyada paydo bo‘ladi. 

Ma'lumki, bir qator mamlakatlar hukumatlari samolyot bortida Galaxy Note 7 smartfonlaridan foydalanishni taqiqlab qo‘ygandi. Ko‘plab yirik aviakompaniyalar ham ana shunday qaror qabul qilishdi. Bundan tashqari, ko‘pgina pochta operatorlari bu smartfonlarni tashish uchun qabul qilishdan bosh tortishmoqda. 

Bundan avval Toshkent aeroportining xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi terminalidagi ro‘yxatga olish hududida ham yangi e'lonlar paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi

Mavzuga oid