Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya adliya vaziri Gulen ekstraditsiyasi masalasi bo‘yicha AQShga yo‘l olmoqda
Turkiya adliya vaziri Bekir Bo‘zdag‘ muxolifat partiyalar deputatlari hamrohligida AQShga yo‘l oldi. Tomonlar 25 oktabrda Turkiyaga Fathulloh Gulenni topshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishdi. Bu haqida Daily News xabar berdi.
“Bizning AQSh bilan munosabatlarimiz terrorchini deb jabr ko‘rmasligi kerak”, - dedi Bo‘zdag‘ Turkiyadan Amerikaga parvoz qilish oldidan va amerikalik hamkasblariga Gulenga doir yangi dalillarni taqdim qilishini ta'kidladi.
“AQSh uchun Usoma bin Lodin qanday ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa, Turkiya uchun Fathulloh Gulen xuddi shunday ahamiyatga ega”, - qo‘shimcha qildi u.
“Biz uchun ushbu hujjat Gulenni ekstraditsiya qilish uchun keragidan ortiq dalillardan iborat”, - dedi Bo‘zdag‘ va Turkiya tomonning AQSh amaldorlariga hujjatlar jamlangan 4 fayl hamda Gulenni qo‘lga olishga rasmiy so‘rov yo‘llaganini qayd etdi.
Bo‘zdag‘ 4 kunlik safari davomida SETA fondi (hukumatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar fondi) tomonidan tashkil etiladigan Turkiyada amalga oshirilgan harbiy to‘ntaruv harakatiga oid muzokaralarda ishtirok etadi hamda Vashingtondagi Anadoulu agentligi fotoko‘rgazmasini ochib beradi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li AQShning mansabdor shaxslari Gulendan qutulishni istashlari, biroq uning Turkiyaga ekstraditsiya qilinishini istamasliklarini aytib o‘tgandi.