Jahon | 20:06 / 28.10.2016
4196
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Dakotada neft quvuri qurilishiga qarshi chiqayotganlar hibsga olindi

Foto: AP

AQShning Shimoliy Dakota shtatida neft quvuri qurilishiga qarshi chiqayotgan faollar lagerini tarqatish vaqtida 141 kishi hibsga olindi. Namoyishchilarni ushlash operatsiyasida harbiy mashinalar, maxsus texnika va vertolyotlardan foydalanilgan. Politsiyachilar ko‘zni achishtiruvchi gaz va rezina o‘qlar qo‘llashgan, deb ma'lum qildi 28 oktabrda The Independent.

Quvurning qurilishiga qarshi aksiya bir necha oydan beri davom etmoqda. Mahalliy aholi va ekologlarning ta'kidlashicha, quvur suv ta'minoti tizimiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin hamda siu qabilasining muqaddas joylariga xavf soladi. 

Bu qabila hindulari AQSh shimoli va Kanada janubida yashaydilar. Qabila a'zolari soni 115 mingdan ko‘proqni tashkil qiladi.

Foto: AP

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid