Texnologiya | 19:44 / 30.10.2016
3272
2 daqiqa o‘qiladi

GoDaddy emodzili domen nomlari savdosini boshladi

Domen nomlar registratori GoDaddy emodzili bo‘sh manzillarni qidirish va ularni  sotish xizmatini ishga tushirdi.

Mobil qurilmalar foydalanuvchilari xizmat saytiga kirib, emodzi simvollarini kiritib, domen nom bo‘shligini tekshirib ko‘rishlari mumkin. Xizmat shuningdek piktogrammali tasodifiy manzil bo‘sh ekanligini bilishni taklif qiladi. Xizmat emodzi-manzilni yiliga 4,99 dollarlik haq uchun sotadi.

GoDaddy ma'lumotiga ko‘ra, hozirda emodzili domen nomlarini faqatgina .ws. domen hududida sotib olish mumkin.

Texnik jihatdan bunday manzillardan foydalanish imkoniyati bir necha yildan beri mavjud. Biroq domenlar standart kompyuter klaviaturalari faqatgina ASCII kodirovkasidagi simvollarni kirita olgani uchun unchalik ommabop bo‘lmagan. Emodzi bu to‘plamga kirmaydi, shuning uchun foydalanuvchilarda domenni manzillar qatoriga kiritishda muammolar vujudga kelishi mumkin bo‘lgan.

Cnet ma'lumotlariga ko‘ra, emodzili domen nomlariga ehtiyoj internetning mobil auditoriyasi oshgani sayin oshib borgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish