Jahon | 07:47 / 31.10.2016
3322
2 daqiqa o‘qiladi

Moldaviyada ikkinchi tur prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi

Foto: RT

Moldaviyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi natijasiga ko‘ra, nomzodlar davlat rahbarligi uchun kurashni ikkinchi turda davom ettirishadi, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

«Sotsialistlar partiyasi yetakchisi Igor Dodon 48,71 foiz (674 736 ovoz), uning prezidentlik poygasidagi raqibasi — o‘ng muxolifatning yagona nomzodi, «Harakat va birdamlik» partiyasi raisi Mayya Sandu — 37,94 foiz (525 571 ovoz) to‘plashga muvaffaq bo‘lgan», — deyiladi mamlakat Markaziy saylov komissiyasi bayonotida. 

Qayd etilishicha, Moldaviya prezidentlik saylovining birinchi turida g‘alaba qozonish uchun nomzod saylovchilarning 50 foizi va bitta ovoz ko‘p to‘plashi kerak. 

Shunga ko‘ra, respublikada ikkinchi tur saylovlari tashkil etiladi. Respublika saylov qonunchiligiga ko‘ra, u ikki haftadan so‘ng, ya'ni 13 noyabrda bo‘lib o‘tishi kerak. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid