Sport | 12:03 / 02.11.2016
5160
2 daqiqa o‘qiladi

Luis Enrike: «Biz o‘yinda to‘pga egalik qila olmadik»

Foto: VVS

«Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Yevropa chempionlar ligasining 4-turida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan va 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yin borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. 

«Dastlabki 40 daqiqa davomida kuchli raqibga qarshi zo‘r o‘ynagandik. Lekin xato ortidan kelib chiqqan javob goli barchasini o‘zgartirib yubordi. 

Shundan so‘ng o‘yin qo‘ldan ketdi, vaziyatni o‘nglab bo‘lmadi. Biz o‘z o‘yinimizni namoyish etishda davom etdik, lekin yana 2ta gol qo‘yib yubordik. 

Biz to‘pga egalik qila olmadik va ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Biz o‘yinda vaziyatni nazorat qilmoqchi edik, ammo istaganimizdek bo‘lmadi.

Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, raqib bizni odatdagidan ko‘proq xatolar qilishga majburladi. Endi bizning maqsadimiz — guruhdagi qolgan 2ta o‘yinda g‘alaba qozonish», — degan Luis Enrike.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid