Fan-texnika | 23:06 / 04.11.2016
5681
1 daqiqa o‘qiladi

24 dyuymli portativ ekran namoyish qilindi

Foto: lemondedelaphoto.com

Arovia kompaniyasi akkumulyatordan ishlovchi yig‘iluvchi ekranli SPUD proyektorini yaratdi. Uni istalgan ryukzakka joylashtirish mumkin, deb xabar bermoqda Naked Science.

Proyektorga PVXdan yasalgan ekran mahkamlangan, aynan unga tasvir tushiriladi. Monitor diagonali 24 dyuymni, ko‘rsatish qobiliyati HD’ni (1280x720 piksel) tashkil qiladi. SPUD bor-yo‘g‘i 900 gramm keladi, o‘lchami esa 17x19x5,5 sm ni tashkil qiladi. 

SPUD tasvirning uzatilishini HDMI orqali qo‘llab-quvvatlaydi. Tasvirning maksimal yorqinligi 785 Nit ni tashkil qiladi, bu esa xonaning sun'iy yoritilishi sharoitida yetarlidir. Qurilma o‘rtacha yorqinlikda 6 soatga yaqin ishlaydi.  

Arovia kompaniyasi  Kickstarter saytida mablag‘ to‘plash kampaniyasini yo‘l qo‘ydi. SPUD’ga 349 dollardan buyurtma berish mumkin. Qurilmalar 2017 yil yanvaridan boshlab yetkazib berila boshlanadi.