Shvetsiya prokuraturasi Assanjni so‘roq qilish muddatini ma'lum qildi
Shvetsiya prokuraturasi WikiLeaks asoschisi Julian Assanj 14 noyabr kuni Ekvadorning Londondagi elchixonasi ko‘magida so‘roq qilinishini tasdiqladi. U Shvetsiyada jinsiy tajovuz qilganlikda ayblanmoqda.
"Julian Assanj Ekvadorning Londondagi elchixonasida, 14 noyabr kuni so‘roq qilinadi", — deyiladi Shvetsiya prokuraturasi tarqatgan xabarda.
So‘roqni ekvadorlik prokuror shvetsiyalik hamkasbi Ingrid Isgren ishtirokida amalga oshiradi. Taxminlarga ko‘ra, Assanj rozilik bildirgan taqdirda, uning DNK namunalari ham olinadi. Shvetsiya prokurori Londonga kelgan vaqtida hech qanday intervyu bermasligi qayd etilmoqda. Bunga tergov jarayonining maxfiyligi sababdir, deyiladi matbuot bayonnomasida.
Gumonlanuvchi 2012 yil dekabridan beri Ekvadorning Londondagi elchixonasida boshpana topgan. Assanj Shvetsiya hukumati uni WikiLeaks saytidagi faoliyati uchun AQShga ekstraditsiya qilishidan xavotirlanadi.
Mavzuga oid
23:35 / 23.09.2024
Shvetsiyaning muvaffaqiyat tarixi: CO2 chiqindilarini kamaytirgan holda qanday qilib YaIMni ikki baravarga oshirish mumkin?
00:28 / 16.09.2024
Stokgolmda 2033 yilga borib uy-joy yetishmovchiligi kuzatiladi
23:20 / 12.09.2024
Shvetsiya vataniga qaytishni istagan migrantlarga ko‘rsatiladigan moliyaviy ko‘makni 35 barobarga oshiradi
17:16 / 09.09.2024