Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyaning Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi - 1,2 mlrd yevro
Shvetsiya Ukrainaga harbiy yordamning yangi, 21-paketini tayyorlamoqda. Unga havo mudofaa tizimlari, dronlar, uzoq masofali raketalar va o‘q-dorilar kiradi.
Foto: Mauricio Campino/U.S. Air Force/AP
Shvetsiya hukumati Ukrainaga harbiy yordamning yangi — 21-paketini ajratishni ma’qulladi. Uning hajmi 12,9 mlrd shved kronasi (qayta hisoblaganda — taxminan 1,21 mlrd yevro)ni tashkil etadi. Bu haqda 19 fevral, payshanba kuni Stokholmda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mamlakat mudofaa vaziri Pol Yonson ma’lum qildi.
Ushbu paketdagi eng yirik xarajat yo‘nalishlaridan biri — Shvetsiyada ishlab chiqarilgan Tridon Mk2 tizimlarini sotib olish va Ukrainaga topshirish bo‘ladi. Bu — dronlarni urib tushirishda ayniqsa samarali bo‘lgan zenit-raketali majmualar (ZRM) bo‘lib, ular uchun 400 mln yevro ajratiladi. Yana 524 mln yevro Ukrainada uzoq masofali raketalar va dronlar ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi. Qolgan mablag‘lar — 280 mln yevrodan ortig‘i Shvetsiya armiyasi zaxiralaridan granatomyotlar yetkazib berishga, shuningdek artilleriya snaryadlari, ehtiyot qismlar xaridi va Ukraina Qurolli kuchlari shaxsiy tarkibini o‘qitishga sarflanadi.
Stokholm e’lon qilgan yangi paket Ukrainaga 2026 yilga mo‘ljallangan harbiy qo‘llab-quvvatlov bo‘yicha hadli dasturning bir qismi bo‘lib, uning hajmi 40 mlrd krona. Pol Yonsonning aytishicha, ushbu mablag‘larni hisobga olganda, Rossiyaning 2022 yilda Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri Shvetsiya tomonidan ko‘rsatilgan umumiy harbiy yordam 103 mlrd kronaga (taxminan 9,63 mlrd yevro) yetgan.
Shuningdek, Shvetsiya Jahon bankiga Ukraina uchun kredit bo‘yicha 2,5 mlrd shved kronasi (234 mln yevro) miqdorida kafolat berish rejalari haqida alohida ma’lum qildi.
Mavzuga oid
12:08 / 19.02.2026
Yevroittifoq sharqiy chegaralarga yaqin hududlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytiradi
11:26 / 19.02.2026
Ukraina Paralimpiada-2026ga siyosiy boykot e’lon qildi
09:45 / 19.02.2026
TIV rahbari: Vengriya Kiyevga dizel yetkazib berishni to‘xtatyapti
09:27 / 19.02.2026