Honda «Duster» raqibini namoyish qildi
Yaponiyaning Honda kompaniyasi WR-V ixcham krossoverini namoyish etdi. Avval xabar qilinganidek, u ayrim avtomobil bozorlarida Renault Duster va Ford EcoSport modellariga raqobat qilishi kutilmoqda. U ilk bor Braziliyaning San-Paulu shahridagi avtoko‘rgazmada ommaga namoyish etilgan.
Yangi yo‘ltanlamasni Yaponiya avtomobilsozlik kompaniyasining Braziliyadagi sho‘'ba korxonasi ishlab chiqqan. Modelning qisqartma nomi kengaytirilganda Winsome Runabout Vehicle (jozibali ixcham avtomobil) ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
Hozircha, Honda kompaniyasi WR-V krossoverining texnik xususiyatlarini ma'lum qilganicha yo‘q. Kompaniya faqat uning 2017 yil birinchi yarmida ishlab chiqarilishi va sotilishi boshlanashini bildirgan.
Avval qayd etilganidek, Honda kompaniyasining yangi yo‘ltanlamasi Jazz xetchbeki platformasida barpo etilgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, WR-V faqatgina old g‘ildiraklari yetakchi avtomobil sifatida taklif etilishi mumkinligi aytilmoqda.
Mavzuga oid
11:44 / 01.03.2024
G20 vazirlar uchrashuvi yakuniy bayonotsiz yakunlandi
10:56 / 26.05.2023
Honda Elite II biznes-jyetini taqdim etdi, u soatiga 782 km tezlikda ucha oladi
18:43 / 01.05.2023
Hashamatli, tezkor, aql bovar qilmas - Shanxay avtoko‘rgazmasida qanday avtomobillar taqdim qilindi?
22:45 / 28.02.2023