Texnologiya | 20:12 / 11.11.2016
4947
2 daqiqa o‘qiladi

Alfa Romeo 2021 yilgacha 9 ta yangi model ishlab chiqaradi

Foto: motor.ru

Alfa Romeo kompaniyasi 2021 yilgacha bozorga 9 ta yangi model chiqarmoqchi. Bu haqda italyan markasining rahbari Rid Biglendga iqtibos keltirgan holda Autocar xabar bermoqda.

Alfa Romeo 17 noyabrda Los-Anjyelesdagi motorshouda BMW X3 va Audi Q5 mashinalariga raqobatchi bo‘lishga chorlangan Stelvio krossoverini taqdim qiladi. Yo‘ltanlamas Giulia sedani kabi motorlar qatori oladi, bu qatorga 150 ot kuchidan 280 ot kuchigacha quvvatga ega benzinli va dizelli dvigatellar kiradi.

Stelvio’ning 2,9 litrli tvin-turbo dvigatelli kuchliroq modifikatsiyasi paydo bo‘lishi mumkin. Bu dvigatel Giulia Quadrifoglio Verde sedanida 510 ot kuchiga erishadi. Bunday model Jaguar F-Pace va Porsche Masan modellari bilan raqobatlashishi mumkin.

2017 yilda italiyaliklar "Juliya"ning "universal" kuzovli yangi modifikatsiyasini ishlab chiqaradilar. Besh eshikli mashina "Alfa"ning universal mashinalar eng xaridorgir bo‘lgan Yevropadagi savdosi hajmini oshirishga qaratilgan bo‘ladi.     

Kompaniya rahbari krossoverlar qatori yanada rivojlantirilishi mumkinligini aytdi. 2018 yilda kompaniyaning Maserati Levante negizidagi katta flagman yo‘ltanlamasi paydo bo‘lishi mumkin. 

Bundan tashqari, kompaniyada Stelvio’ning kupe ko‘rinishidagi kuzovli modifikatsiyasi,  BMW X1 o‘lchamidagi kichik krossoveri ishlab chiqarilishi imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid