Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Turkiya o‘z xalqidan YeI a'zoligi bo‘yicha fikrini so‘raydi
Foto: EPA
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqiga a'zolik masalasida referendum o‘tkazilishi variantlari ko‘rib chiqilayotgani haqida aytib o‘tdi.
HaberTurk telekanali xabariga ko‘ra, turkiyaliklar prezidenti bu haqda samolyot bortida o‘zini qurshagan jurnalistlar orasida gapirgan.
"YeI bizning bu jarayon bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishimizni kutmoqda. Agar ular bizni qabul qilishni istamasa, mezbon sifatida borini ochiq-oydin so‘zlashsin. Qarorni tezroq qabul qilish kerak. Biz bunday sharoitda uzoq vaqt sabr qila olmaymiz", - degan u.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, "kelgusida xuddi Buyuk Britaniyada bo‘lgani kabi bu masala bo‘yicha referendum o‘tkazilib, xalqning fikri so‘raladi".
Turkiyaliklar rahbari YeIning muhojirlar masalasidagi kelishuv bo‘yicha majburiyatlarini eslatib, Bryusseldagilar bu masalada "o‘z so‘zida turmayotgani" haqida qayd etgan.
Shuningdek, Anqaraga YeI bilan viza rejimida erkinlik taqdim etish va'dalari bajarilmayotgani eslatilgan.
Bundan oldinroq, Yevroparlament rahbari Martin Shults Turkiyada muxolifat vakillari bo‘lgan deputatlar va jurnalistlar hibsga olinishi kuzatilayotgani bois, YeI bu mamlakatga nisbatan sanksiyalar qo‘llashi mumkinligi bilan tahdid qilgandi.
Mavzuga oid
21:53 / 26.02.2026
Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistondan Rossiyaga reeksport ustidan nazoratni kuchaytirishni talab qildi
09:31 / 14.02.2026
Makron YeI xavfsizlik siyosatini tubdan o‘zgartirishga chaqirdi
12:43 / 13.02.2026
Shveytsariya aholi soni chegarasi bo‘yicha referendum tayyorlamoqda
21:32 / 12.02.2026