Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqini isloh qilish rejasini taklif etdi
Germaniya tashqi ishlar vaziri Yevropa Ittifoqi siyosiy qarorlar qabul qilishda yakdillik tamoyilidan voz kechishi kerak, deb hisoblaydi.
Foto: Getty Images
Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful Yevropa Ittifoqini isloh qilish rejasini taqdim etdi, unda tashqi siyosat, xavfsizlik va birlashmani kengaytirish sohalarida o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan.
«Men oltita aniq bandni aytib o‘tmoqchiman. Birinchidan, biz Bryusseldagi «kuchaytirilgan hamkorlik» mexanizmidan tez-tez foydalanishni xohlaymiz. Bu shuni anglatadiki, yaqin kelajakda barcha 27 a’zo davlatning birgalikdagi taraqqiyoti erishib bo‘lmaydigan siyosat sohalarida biz kichik bir guruh mamlakatlar bilan oldinga siljiymiz», dedi Vadeful.
Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy tashabbuslardan biri «kuchaytirilgan hamkorlik» mexanizmidan faolroq foydalanish bo‘lishi kerak. Uning tushuntirishicha, Yevropa Ittifoqining barcha 27 mamlakati o‘rtasida konsensusga erishish imkonsiz bo‘lgan hollarda, alohida davlatlar cheklangan guruh doirasida oldinga siljish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Germaniya TIV rahbari, shuningdek, tashqi siyosiy qarorlarni qabul qilishda yakdillik tamoyilidan voz kechishni va «ko‘pchilik ovoz» usulidan foydalanishni taklif qildi. Uning fikricha, bu ayrim davlatlar tomonidan qarorlarni blokirovka qilishdan qutulish imkonini beradi.
Bundan tashqari, Vadeful yangi davlatlarni bosqichma-bosqich qo‘shish mexanizmi orqali Yevropa Ittifoqining kengayishini tezlashtirish tarafdori bo‘ldi.
Yevropa Ittifoqi 2025 yil yozi oxirida bir ovozdan qaror qabul qilish tamoyilini «malakali ko‘pchilik»ka o‘zgartirish imkoniyatini o‘rganishni boshladi.
Mavzuga oid
20:05 / 06.05.2026
Hatto Zelenskiy ham keldi: Yerevandagi sammitlar nimadan darak?
07:38 / 06.05.2026
O‘zbekistonliklar Germaniyaga 3 ming yevrolik ishlarga taklif qilindi
15:10 / 03.05.2026
OAV: Ukraina va Yevroittifoqning orasi sovuqlashdi
21:16 / 27.04.2026