Iqtisodiyot | 11:40 / 15.11.2016
22781
2 daqiqa o‘qiladi

EKOPEN Imzo kompaniyasini agressiv reklama siyosati olib borishdan tiyilishga chaqirdi

Illyustrativ surat

O‘tgan haftada ijtimoiy tarmoqlarda EKOPEN - deraza va eshik profillari ishlab chiqaruvchisining Imzo – deraza oynalari ishlab chiqaruvchisiga atalgan Ochiq xati e'lon qilindi

EKOPEN Imzo kompaniyasini xususiy sexlar xizmati haqida salbiy obraz yaratishga yo‘naltirilgan agressiv reklama siyosati haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirgan. 

Gap Imzo kompaniyasining bir qator reklama roliklari haqida bormoqda. Xatda bunday harakatlarning noto‘g‘riligi va buning mamlakat iqtisodiyotiga yetkazadigan salbiy oqibatlari izchil bayon etilgan. 

Imzo ishlab chiqaruvchisi o‘z yangi brendini rivojlantirishda tanlagan yo‘l “mazkur bozorning boshqa ishtirokchilari xizmat sifati darajasini kamsitish va diskreditatsiya qilish borasidagi agressiv harakat”, deb atalgan. 

EKOPEN kompaniyasining fikricha, Imzo’ning reklama siyosati “PVX profillari ishlab chiqaruvchisi - foydalanuvchi” muhim zanjirining tanazzuliga sabab bo‘lmoqda. 

“Bu bozordagi salbiy harakatlar kichik korxonalar inqirozi va bir necha o‘n minglab kishilarning ishsizligiga olib kelishi mumkin. Ishchilarning oila a'zolarini hisobga olib, ko‘rsatilgan vaziyatning kumulyativ effekti yuz minglab yurtdoshlarmizning farovonligiga ta'sir o‘tkazishi ehtimoldan xoli emas”.

EKOPEN ushbu maktubi orqali PVXdan deraza oynalari va eshiklar ishlab chiqarish bozorining barqaror rivojini ta'minlash hamda respublikaning iqtisodiy farovonligiga erishish uchun raqiblar, shuningdek kichik va o‘rta biznesni hurmat qilishga chaqiradi.

Mavzuga oid