Sport | 08:36 / 19.11.2016
6314
2 daqiqa o‘qiladi

Bundesliga. «Leyptsig» «Bavariya»ni ortda qoldirib yakka peshqadamga aylandi

Germaniya chempionati 11 turiga kelib tarixda kuzatilmagan voqea sodir bo‘ldi. Bundesliga tarixida ilk marta mavsum debyutanti turnir jadvalining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin oldi.

Juda katta investitsiyalar evaziga moliyalashtirilayotgan «Red Bull Leyptsig» jamoasi bu ishni qoyilmaqom tarzda uddaladi. Leverkuzenda «Bayyer» mehmoni bo‘lgan jamoa haqiqiy chempionlarga xos iroda namoyish etdi. Uchrashuv biz kutgan ishonchni oqladi. Ikki marta hisobda ortda borishiga qaramay Ralf Xazenxyuttl shogirdlari oxir-oqibat g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yin qahramoni Shvetsiya terma jamoasi hujumchi Forsberg bo‘ldi. Uning bittasi goli va ikkita golli uzatmasi (avtogol deb hisoblangani uchun, Forsbergning birinchi goldagi pasi statistikalardan o‘rin olmagan) jamoasiga eng kamida bir kunga bundesliganing eng yuqori qismidan joy olishiga yordam berdi. 11 turdan keyin jamoa hisobida 27 ochko mavjud. 

Bugun «Bavariya» Dortmundda mehmon bo‘ladi. Agar ushbu uchrashuvda myunxenliklar g‘alaba qozona olmasa, «Leyptsig» 11-turdan keyin to‘laqonli peshqadamga aylanadi. 

Bundesliga, 11-tur

Bayyer – RB Leyptsig 2:3 (2:1)
Gollar: 1:0 – 1 Kampl, 1:1 – 4, avtogol Baumgartlinger, 2:1 – 45 Brandt, 2:2 – 67 Forsberg, 2:3 – 81 Orban.
Bayyer: Leno, Toprak, Ta, Vendell, Xenrixs, Arangis, Baumgartlinger (Xavertts, 82), Chalxanoglu (Folland, 64), Kampl, Brandt, Mexmedi (Ernandes, 74).
RB Leyptsig: Gulachi, Orban, Kompper (Shmitts, 30), Xalstenberg, Keyta, Ilzanker, Demme, Zabittser, Forsberg (Kayzer, 90), Verner, Poulsen (Berk, 64).

 

Manba: tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid