Sport | 10:40 / 19.11.2016
8777
1 daqiqa o‘qiladi

«Match TV» Ispaniya chempionati o‘yinlarini namoyish etadimi?

«Match TV» telekanali Primera o‘yinlarini efirga uzatish ishlari qayta boshlanishi haqidagi xabarlarni inkor etdi. 

«Yaqinda ayrim OAVda «Match TV» telekanali Ispaniyaning futbol bo‘yicha chempionati o‘yinlarini namoyish etishi haqida paydo bo‘lgan xabarlar haqiqatga mos kelmaydi va tomoshabinlarni chalg‘itadi. 

«Match TV» har qanday moliyaviy sarmoya kiritishlarni jiddiy o‘rganadi va ayni vaqtda muzokaralar olib borilayotganini ma'lum qilamiz. Efirga uzatish huquqi qo‘lga kiritilgudek bo‘lsa, biz zudlik bilan barcha OAVni bu haqda xabardor qilamiz», – deyiladi xabarda. 

Avvalroq, «Match TV» 4 dekabrdagi «Barselona» – «Real» o‘yini bilan Primera bahslarini namoyish etishni boshlashi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Manba: tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid