Jahon | 12:11 / 24.11.2016
8679
1 daqiqa o‘qiladi

Su-24 uchuvchisining qotilligida ayblanayotgan Alparslon Chelik ayblovni tan olmadi

Rossiyaning Su-24 uchuvchisi Oleg Peshkovning qotilligida ayblanayotgan Alparslon Chelik qo‘yilayotgan aybni tan olmadi. Bu haqda Chelikning himoyachisiga asoslangan holda RIA «Novosti» xabar bergan.

“U rossiyalik uchuvchini o‘ldirmagan”, - deya aytib o‘tdi Chelikning advokati.

U shuningdek, ish tergov bosqichida ekanini va sudga faqatgina bosh prokurorning tegishli baholashidan keyin oshirilishini xabar qilgan.

Avvalroq, Turkiyada Chelikning ishi bo‘yicha eshituvlar vaqtida Su-24 uchuvchisining qotilligiga to‘xtalib o‘tilmagani ma'lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish