Sport | 19:04 / 25.11.2016
10842
2 daqiqa o‘qiladi

Zidan Xamesning eng katta xatosini ayon qildi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Zaynidin Zidan Ispaniya chempionati 13-turida Xixonning «Sporting» jamoasiga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z shogirdlarining jismoniy holati xususida so‘zlab o‘tdi. U Xames Rodriges haqida alohida gapirgan.

«Bizni juda qiyin bahs kutmoqda. Jamoada jarohatli futbolchilar ko‘p. Beyl uzoq muddatga safdan chiqdi, vazifamiz qiyinlashdi. Varan tizzasini jarohatlab olgan. Biz uning sog‘ligi bo‘yicha tavakkal qila olmaymiz. Pepe va Kazemiro haqida gapiradigan bo‘lsam, ular umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda. Ularda hammasi joyida.

Xames? Har bir futbolchida asosiy tarkibga kirish uchun imkoniyat bo‘ladi. Eshiklar barcha uchun ochiq. Lekin men Xamesning o‘rnida bo‘lganimda hech qachon «Real»ga o‘tmagan bo‘lardim», – deya fransiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirgan Marca.

Bundan avvalgi xabarlarda, «qaymoqranglilar» jamoasi murabbiyi kolumbiyalik futbolchini kelgusi rejalariga kiritmagani, uni boshqa jamoaga qo‘yib yuborishga tayyorligi aytilgandi.

«Sporting»ga qarshi o‘yin 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid