Jamiyat | 17:44 / 05.12.2016
4565
2 daqiqa o‘qiladi

Tailandda marhum qirolning sakson to‘qqizinchi tavvalud kuni bayram qilinmoqda

Foto: Traveldailynews.asia

Tailand fuqarolari qirol Pumipon Adulyadet (Rama IX)ning 89-chi tug‘ilgan kunini nishonlashmoqda. U ikki oy avval hayotdan ko‘z yumgandi. Tailandliklar bu safargi tavallud ayyomni o‘zgacha bir qayg‘u bilan qarshi olishdi.

Tailandda qirolning tug‘ilgan kuni 1958 yildan beri milliy bayram sifatida nishonlanib kelinadi. Qirollikda 1980 yilning 5 dekabridan boshlab Ota kuni ham bayram qilinadi. Biroq, bu yilgi bayram qirolsiz o‘tmoqda.

Bayram munosabati bilan o‘n minglab kishilar quyosh chiqishiga qadar Pumipon Adulyadet nomidagi ko‘prikka yig‘ildi, deb xabar bermoqda Thai PBS. Marhum qirol bag‘ishlab 999 buddaviy rohib ibodat qilishdi. Shundan so‘ng ko‘prikda yig‘ilganlar qirollik madhiyasini birgalikda kuylashgan.

Politsiya marosimda ishtirok etganlar borasida aniq ma'lumotlarni keltirmadi. Biroq, tashkilotchilarning xabariga ko‘ra, tadbirda 50 ming nafarga yaqin kishi qatnashgan bo‘lishi mumkin.

Rama IX tug‘ilgan kuni munosabati bilan Bangkokda turli ko‘rgazmalar tashkil etilib, jaz konsertlari tashkillashtirildi – marhum qirol musiqaning aynan shu turini sevib tinglagan. Qirollik saroyi Byurosining xabar berishicha, yangi qirol Maxa Vachiralongkorn Bodintxaratxeppxayavarangkun (Rama X) birozdan keyin Bangkokdagi Budda zumrad Ibodatxonasida maxsus diniy marosim o‘tkazadi. U o‘zining marhum otasi xotirasiga bag‘ishlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Pumipon Adulyadet dunyoda eng uzoq vaqt davomida taxtda o‘tirgan qirollardan biri bo‘lgan. U 1950 yilning 5 may kuni rasman taxtga ko‘tarilgan bo‘lib, joriy yilning 13 oktabr kuni 88 yoshida vafot etdi. 

Mavzuga oid