Sport | 00:29 / 09.12.2016
6354
4 daqiqa o‘qiladi

Yevropa ligasi. Pley-offga beriladigan 6ta yo‘llanma egasi aniq bo‘ldi

Yevropa ligasining 6-turidan o‘rin olgan uchta guruhda uchrashuvlar yakunlandi. 

N guruhida «Shaxtyor» muddatidan oldin pley-off yo‘llanmasini hal qilganiga qaramay, so‘nggi turda yana g‘alaba qozondi. Pley-offning ikkinchi yo‘llanmasi uchun asosiy da'vogar bo‘lib turgan «Braga» o‘z uyida ukrainaliklarga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Portugaliyaliklarning muvaffaqiyatsizligi yetmagandek, ikkinchi da'vogar Belgiyaning «Gent» klubi asosiy vaqtga hakam tomonidan qo‘shib berilgan 4-daqiqada «Ko‘nyaspor»darvozasiga to‘p kiritib yo‘llanmani ilib ketdi.

Yevropa Ligasi, 6-tur
N guruhi

Braga (Portugaliya) – Shaxtyor (Ukraina) 2:4 (1:2)
Gollar:
0:1 – 22 Krivtsov, 0:2 – 39 Tayson, 1:2 – 43 Stoilkovich, 1:3 – 62 Krivtsov, 1:4 – 66 Tayson, 2:4 – 89 Vukchevich.

Ko‘nyaspor (Turkiya) – Gent (Belgiya) 0:1 (0:0)
Gol:
0:1 – 90+4 Kulibali.
Ogohlantirishlar: Esiti (77), Findikli (78).

Guruhda «Shaxtyor» yuz foizlik natija qayd etib 18 ochko to‘pladi. «Gent» - 8, «Braga» 6 ochko bilan qolib ketdi. «Ko‘nyaspor» esa bir ochko bilan guruh bosqichini yakunladi.

J guruhi

Ozarboyjonning «Qorabog‘» jamoasi pley-off yo‘llanmasi uchun juda yaqin kelgandi. Biroq jamoa so‘nggi turda o‘z uyida «Fiorentina»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bu huquqdan mahrum bo‘ldi. Gretsiyaning PAOK klubi esa vaziyatdan foydalanib «Slovan» ustidan g‘alaba qozondi va bahorda ham yevrokuboklarda ishtirok etadigan bo‘ldi.

PAOK (Gretsiya) – Slovan (Liberets, Chexiya) 2:0 (1:0)
Gollar:
1:0 – 29 Rodrigesh, 2:0 – 67 Pelkas.
Ogohlantirishlar: Pelkas (22), Rodrigesh (31), Krespo (33), Leo Matos (52), Ekpay (58), Pokorni (63), Folprext (77), Sikora (89).

Qorabog‘ (Ozarboyjon) – Fiorentina (Italiya) 1:2 (0:0)
Gollar:
0:1 – 60 Vesino, 1:1 – 73 Reynaldo, 1:2 – 76 Keza.
Ogohlantirishlar: Gurbanov (15), Keza (19), Guseynov (86).
Chetlatish: Keza (84, Fiorentina).

J guruhi yakuniy turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. «Fiorentina» — 13 ochko; 2. PAOK — 10; 3. «Qorabog‘» — 7; 4. «Slovan» — 4.

L guruhi

Bu guruhda yo‘llanma uchun so‘nggi turgacha to‘rttala jamoa ham kurash olib bordi. Yakunda kutilmaganda Turkiyaning «Usmonlispor» jamoasi birinchi o‘rin bilan bu bosqichni yakunladi. Ikkinchi yo‘llanmani esa Ispaniya «Vilyarreal» klubi o‘ziniki qilib oldi.

Vilyarreal (Ispaniya) – Styaua Ruminiya 2:1 (1:0)
Gollar:
1:0 – 15 Sansone, 1:1 – 55 Akim, 2:1 – 88 Trigeros.
Ogohlantirishlar: Enake (25), Bakambu (26), Tamash (32), Dos Santos (68), Golubovich (68), Akim (90).
Chetlatish: Tamash (79, Styaua).

Usmonlispor (Turkiya) – Tsyurix (Shveytsariya) 2:0 (0:0)
Gollar: 1
:0 – 73 Delarj, 2:0 – 89 Kilichaslan.
Ogohlantirishlar: Rodriges (50), Shenbexler (85), Umar (90), Kukeli (90).

L guruhi turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. «Usmonlispor» — 10 ochko; 2. «Vilyarreal» — 9; 3. «Tsyurix» — 6; 4. «Styaua» — 6.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid