Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple rahbari shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarish haqida fikr bildirdi
Foto: BeCompact.ru
Apple so‘nggi yillarda o‘z kompyuterlarini kamdan-kam hollarda yangilamoqda. Masalan, qora silindr ko‘rishidagi MacPro 2013 yilda ishlab chiqarilgan. Ko‘pchilikning fikricha iPhone asosiy biznesiga aylangan kompaniya boshqa yangilanishlarga pul va vaqtini sarflamaslikka qaror qilgan. Biroq, Apple rahbari Tim Kuk bu so‘zlarni inkor etmoqda, deb xabar berdi Hitech.vesti.ru.
"Ba'zilar OAVda bizning desktoplar borasidagi pozitsiyamizni muhokama qilmoqda. Ammo bizning juda ajoyib shaxsiy kompyuterlarni yaratish rejalarimiz bor. Hech kim bundan xavotir olmasligi zarur", - deya ma'lum qilgan Kuk.
Uning ta'kidlashicha, desktop kompyuterlar yuqori sifatda ishlashi, xotira hajmi va boshqa bir qator sabablar tufayli “juda muhimdir”.
Shu bilan bir qatorda, Kuk aynan qanday kompyuterlar ishlab chiqarilishi haqida gapirmagan.
Mavzuga oid
18:17 / 15.12.2025
Apple iPhone’da Face ID’dan voz kechmoqda
20:33 / 14.12.2025
Apple 2026 yilda mahsulotlari narxini oshirishi mumkin
13:12 / 13.12.2025
Apple iOS 26.2 versiyasini chiqardi. Nima yangiliklar bor?
19:24 / 10.12.2025