Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:18 / 23.12.2016
5075
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyada hibs qilingan parlament spikeri o‘rinbosari qo‘yib yuborildi
Foto: AP
Turkiyada mamlakat parlamenti spikerining o‘rinbosari, kurdlarning Xalqlar demokratiyasi partiyasi vakili bo‘lmish Pervin Buldan hibsdan ozod qilindi. Hürriyet Daily News xabariga ko‘ra, so‘roq bergach, qo‘yib yuborilgan.
Siyosatchi sud binosini o‘z advokati bilan birga tark etgan.
Buldan 23 dekabr tongida o‘z uyida hibsga olingandi. Partiya vakillari bu hibsga olish qonundan tashqarida amalga oshirilgani haqida aytib o‘tgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish