Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni yirik davlat neft kompaniyasining 49 foizini sotmoqchi
Arxiv surat
Saudiya Arabistoni Saudi Aramco davlat neft kompaniyasining 49 foiz aksiyalarini 10 yil davomida sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mahalliy Al-Iqti¬so¬diya nashri hukumatga manbaga tayangan holda xabar berdi.
Nashrning ta'kidlashicha, bu neft kompaniyasining 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan IPO amaliyotidan so‘ng boshlanadi. Avvaliga Saudi Aramco’ning 5 foizlik ulushini sotish rejalashtirilgan. Amaliyot haqidagi qaror Saudiya Arabistoni hukumati qoshidagi valiahd shahzoda o‘rinbosari Muhammad bin Salmon rahbarlik qiluvchi mamlakat iqtisodiy masalalar va rivojlanish Kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Saudi Aramco IPO amaliyotini 2018 yilgacha o‘tkazish niyatida. Davlat amaldorining ma'lum qilishicha, sotuvdan tushgan mablag‘lar mamlakat va xorijda investitsiya sifatida yo‘naltiriladi. Bu dunyodagi eng yirik davlat investitsion jamg‘armasini tashkil etish maqsadida amalga oshiriladi.
Qirollik neftga bog‘lanib qolgan iqtisodiyotni di¬ver¬si¬fika¬tsiya qilish harakatida. Aramco’ni sotish bo‘yicha ilk bayonot 2018 yilda qilinishi mumkin va bu besh foizlik ulushning sotuvi yangi xolding uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. U aktivlarda 2 trillion dollarni tashkil etishi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
20:57 / 15.01.2026
Arab davlatlari Trampni «Eronga imkoniyat berishga» ko‘ndirdi – OAV
18:27 / 13.01.2026
O‘zbekiston U23 guruhda birinchi o‘rin bilan Osiyo Kubogi pley-off bosqichiga chiqdi
18:36 / 12.01.2026