Sport | 20:19 / 31.12.2016
7276
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyaliklar terma jamoaning Yevropadagi eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi

«Liverpul» yarim himoyachisi Filippe Koutino Yevropa chempionatida to‘p suruvchi braziliyalik futbolchi uchun ta'sis etilgan Samba Gold 2016 mukofotiga ega chiqdi.

Sambafoot xabariga ko‘ra, 24 yoshli Koutino 32,13 foiz ovozga ega bo‘lgan holda ilk marta shunday mukofot sohibi bo‘ldi. U «Barselona» vakili Neymarni ortda qoldirgan, terma jamoaga so‘rovda qatnashganlarning 27,88 foizi ovoz bergan. Neymar avvalgi 2 yilda shu mukofot bilan taqdirlangandi. Uchinchi o‘rinni «Real» vakili Karlos Kasemiro egalladi - 13,35 foiz.

Ovoz berishda jurnalistlar, sobiq va hozirda ham faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar, shuningdek, muxlislar ishtirok etgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid