Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda ikkita vazirlik qayta shakllantirildi
Foto Turar Kazangapov
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ikkita vazirlikni qayta shakllantirishga buyruq berdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz nashri.
Davlat boshqaruvi tizimi samardorligini oshirish maqsadida Qozog‘iston milliy iqtisodiyoti vazirligi bir qator vazifalari va vakolatlarini Qozog‘iston sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vazirligiga; Qozog‘iston sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vazirligi bir qator vazifalari va vakolatlarini Qozog‘iston ichki ishlar vazirligiga topshirish bilan qayta shakllantiriladigan bo‘ldi.
Nazarboyev shuningdek hukumatga Qozog‘iston ichki ishlar vazirligining Migratsion xizmati qo‘mitasining shakllantirilishini ta'minlashni va 2017 yil 1 aprelgacha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan migratsiya siyosati konsepsiyasini ishlab chiqishni buyurdi.
Mavzuga oid
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025