Jahon | 19:18 / 09.01.2017
7105
2 daqiqa o‘qiladi

Pokistonda maxsus aksilterrorchilik tribunallari tugatildi

Pokistonda terrorchilikda ayblovlar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiquvchi maxsus harbiy tribunallar o‘z ishini tugatdi. Bu haqda Pokiston mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Bu sud instansiyalari 2014 yilda Peshovar shahrida jangarilar maktabga hujum qilgandan keyin mamlakat bosh vaziri farmoniga ko‘ra zudlik bilan kiritilgandi. O‘shanda hujum oqibatida 140 dan ko‘proq bola halok bo‘lgan. 

"Ikki yillik ish davomida maxsus harbiy tribunallar terrorchilik faolligining kamayishiga yordam berdilar. Endilikda ularga ehtiyoj yo‘q", deb aytdi Pokiston armiyasi vakili.

Tribunallar o‘z faoliyati davomida 274 ishni ko‘rib chiqqan va 161 ta o‘lim jazosi chiqargan, ulardan faqat 12 tasi ijro etilgan. 113 nafar sudlanuvchi terrorchilik guruhlariga aloqadorlik uchun turli muddatlarga qamoq jazosiga mahkum qilingan. 

Bu sud instansiyalari go‘yoki ular terrorchilikda soxta ayblar qo‘yishi va adolatsiz hukmlar chiqarishi sababli pokistonlik huquq himoyachilari tomonidan ko‘plab tanqidga uchragan.

 

Mavzuga oid