Light | 08:23 / 09.01.2017
39229
9 daqiqa o‘qiladi

“REGISTON” o‘quv markazi bilan yangi tarix yarating

Samarqand shahriga borgan har bir inson Registon maydoniga borib, dunyoga mashhur madrasalarni ko‘rishga shoshiladi. Madrasalarni aylanish chog‘ida hayrat bilan bunday ulug‘ dargohda  ustozlik qilgan va tahsil olgan minglab buyuk insonlar haqida ma'lumotlarni olib, ularga havas qilishadi. Shunday ulug‘ joy nomiga monand Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan «Registon» o‘quv markazi hayoti va uning qisqa bo‘lsa-da, lekin shiddatli tarixi qanday bo‘lganligi, uning shunday buyuk nomga munosib bo‘lish uchun qilayotgan ishlari haqida so‘zlab berish bugungi mavzu doiramizga kiradi.

Respublikamizda juda ko‘p ajoyib o‘quv markazlari faoliyat olib borayotganini hisobga olsak, har bir o‘quv markazining o‘quvchilari o‘sha muassasaning tarixini yaratishadi. Siz ham bizning tariximizda qolishni xohlasangiz, diqqat qiling, asosiy mavzuga o‘tamiz. 

Sizning hayotingizni tanlov o‘zgartiradi. Shunday ekan, birinchi navbatda maqsadingizni aniqlang va harakatni boshlang!  O‘zini anglay boshlagan yosh insonda qaysi oliy o‘quv yurtini tanlash muammosi turadi. Qaysi kasbni egallasam, orzumdagidek hayotga erishaman? Bu va shunga o‘xshash savollar har bir insonni yoshligida o‘ylantirgan va o‘ylantirib kelmoqda.  

Qiziqishlaringiz natijasida kasbni osongina tanlab oldingiz. Navbatdagi vazifa esa anchagina qiyin, o‘sha kasb egasi bo‘lish uchun bilim beradigan oliy o‘quv yurtiga kirish va o‘qish hisoblanadi. Oliy o‘quv yurtiga kirish faqatgina kuchli tayyorgarlikdan o‘tganlargagina nasib qiladi.  Shunchaki tayyorlanish vaqtni behuda o‘tkazishga tengdir.  Vaqtning qadrini bilgan mashhur insonlarga ustozlik qilgan joy nomi bilan ataladigan o‘quv markaziga sizni taklif etamiz. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, «Registon» o‘quv markazida o‘qish sizning hayotiy tarixingizga yangi bir sahifani qo‘shadi.

«Registon» o‘quv markazida abituriyentlar quyidagi fanlardan kafolatli tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin:

IJTIMOIY-GUMANITAR
•    Tarix
•    Ona tili va adabiyot
•    Ingliz tili

IQTISODIYoT
•    Matematika va informatika
•    Ingliz tili
•    Ona tili vaadabiyot

TeXNIKA
•    Matematika va informatika
•    Fizika
•    Ona tili vaadabiyot / ingliz tili

TABIIY
•    Kimyo
•    Biologiya
•    Ona tili vaadabiyot
 
Har bir fan haftada 3 marta, 2 soatdan bo‘ladi.
Oylik test natijalariga ko‘ra:
1 – o‘rin sohibi - 100% bepul
2 – o‘rin sohibi - 50% bepul
3 – o‘rin sohibi - 30% bepul

«Registon» o‘quv markazida ta'lim olishni tanlagan o‘quvchilarning imtiyozlari:
•  Eng  yangi   maktab darsliklari bepul beriladi;
•  1 avgust test sinovlari uchun maxsus psixologik dastur asosida tayyorgarlik;
•  Har oyning oxirida DTM andozasida mukammal  test sinovlari;
•  Dam olish kunlarisiz uzluksiz o‘quv mashg‘ulotlari;
•  8 — 10 kishilik kichik guruhlardagi sifatli ta'lim;
•  DTM  testlarining tuzilishi va ularni yechishda e'tiborga olish  lozim bo‘lgan jihatlar haqida qimmatli ma'lumotlar;

«Registon»  o‘quv markazi faoliyati:

• Abituriyentlar uchun maxsus psixologik treninglar
O‘quv markazida maxsus dastur asosida psixologik treninglar o‘tkaziladi. Ko‘p yillik tajribadan kelib chiqib, bu amaliyotning  juda zarur ekanligiga amin bo‘lganmiz. Sababi abituriyentlar uzoq va qiyinchilik bilan olgan bilimlarini 1 avgust sinovlarida 3 soat ichida to‘la ko‘rsata olishlari shart. Yillab tayyorlangan abituriyentlar asosiy sinov kunida hayajonini bosolmasdan, olgan bilimlarini namoyish qila olmasa, ularning yonida javobgarlikni o‘quv markazi ham yelkasiga oladi. Shunday holatlarni oldini olish maqsadida har oyda ikki yoki uch marta psixologik treninglar o‘tkazib turiladi. Unda imtihonning eng mayda detallarigacha ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari abituriyentlarda qat'iyat, o‘ziga ishonch, maqsad uchun kurashish ko‘nikmalari ham shakllantirib boriladi.  

•  Fanning haqiqiy mutaxassislari bo‘lgan ustozlar jamoasi
«Registon» o‘quv markazi ustozlari har bir abituriyentning xarakter xususiyatlariga qarab baho beradigan, ularning qiziqishlari nuqtasini topib, shunga binoan fanni o‘zlashtirishlari uchun yo‘l ko‘rsata oladigan darajada tajribaga egadirlar. Qobiliyatlari turlicha bo‘lgan abituriyentlardan fanni o‘zlashtirishda bir xilda yuqori natijalarni ko‘rsatib kelayotgan ustozlar jamoasi o‘quv markazining har yilgi yutuqlarining garovi hisoblanadi.

•  O‘quv markaz yutuqlari raqamlarda 
2015-2016 o‘quv yilida «Registon» o‘quv markazida mukammal tayyorgarlikdan o‘tgan abituriyentlarning ko‘pchiligi oliy o‘quv yurtlariga yuqori ballar bilan o‘qishga qabul qilindilar. Jumladan:
 

•  Barcha sharoitlar mavjud dars xonalari
Abituriyentlar uchun yaratib berilgan sharoitlar fanni mukammal o‘zlashtirishga yordam beradi. «Registon» o‘quv markazi   abituriyentlar  ta'lim olishi uchun mana bunday ajoyib o‘quv xonalarni taqdim etadi:


•  Darslar qanday nazorat qilinadi?
«Registon» o‘quv markazidagi shinam dars xonalarining barchasi kuzatuv kameralari bilan jihozlangan va dars jarayoni o‘quv markazi menejyerlari tomonidan nazorat qilinadi. Betobligi sabab darsga qatnasha olmagan abituriyentlarga qoldirilgan darsni o‘zlashtirishlari uchun kuzatuv kameralari tamonidan yozib olingan jonli dars jarayoni videosi taqdim etiladi. Ota-onalar ham farzandlarining o‘quv jarayonlarida qanday qatnashayotganligini bevosita kuzatishlari mumkin.

•  Ota-onalar farzandlarining bilim darajasi o‘sishi haqida xabardor qilinadi
O‘quv markazida tashkil etiladigan oylik test imtihonlari natijalari registonstudy.uz  saytida e'lon qilinadi. Ota-onalar farzandlarining natijalarini sayt yoki test tashkilotchilarining maxsus sms xabarnomalari orqali bilishlari mumkin. Shuningdek, o‘quv markazi o‘quvchilari xohlagan vaqtda o‘z ilm darajalarini bilish uchun test topshirishlari mumkin. Buning uchun maxsus test bo‘limiga ariza topshirishning o‘zi kifoya.

•  Ota-onalar farzandlarining bilim darajasi o‘sishi haqida xabardor qilinadi
O‘quv markazida tashkil etiladigan oylik test imtihonlari natijalari registonstudy.uz saytida e'lon qilinadi. Ota-onalar farzandlarining natijalarini sayt yoki test tashkilotchilarining maxsus sms xabarnomalari orqali bilishlari mumkin. Shuningdek, o‘quv markazi o‘quvchilari xohlagan vaqtda o‘z ilm darajalarini bilish uchun test topshirishlari mumkin. Buning uchun maxsus test bo‘limiga ariza topshirishning o‘zi kifoya.

«Registon» o‘quv markazi abituriyentlarni sinov asosida o‘z jamoasiga qabul qiladi. www. registonstudy.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting va biz bilan bog‘laning!

«Registon» nodavlat ta'lim markazi

Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa  tumani, Lutfiy ko‘chasi, 65A-uy
Mo‘ljal: “Farhod” bozori, «O‘zbegim taomlari»  
Telefon: (+998-93) 536-27-00, (+998-90) 952-27-00

Chilonzor filiali:
Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor  tumani, Kichik xalqa yo‘li  ko‘chasi, 6/1-uy
Mo‘ljal: “Turon bank”,  “Chilonzor”  metro bekati
Telefon: (+998-94) 602-33-44,  (+998-90) 356-20-04

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid