Biznesdagi foyda-xarajatlar haqidagi “Biznes klass” loyihasi “Biznesnoma” nomi ostida faoliyatini tikladi. Ilk körsatuvda loyiha muallifi Eldor Abdulvohid Jizzaxda heç qanday tajribasiz, şaxsiy sarmoyasiz yölga qöygan bizneslari haqida batafsil, heç narsani yaşirmasdan hikoya qilib berdi.

Özbekistondagi mahalliy brendlar tarixi, tadbirkorlarning foyda-xarajati, korxona-zavodlardagi işlab çiqariş jarayonlarini içkaridan körsatib beruvçi “Biznes klass” loyihasi öz faoliyatini tikladi.

Ötgan vaqt mobaynida loyiha nega töxtab qolgani, nega yangi körsatuv çiqmayotgani haqida kuzatuvçilardan köplab savollar böldi. Gap şundaki, sönggi ikki yil davomida körsatuvlardan, muvaffaqiyatli tadbirkorlar hikoyasidan ilhomlanib, loyiha muallifi Eldor Abdulvohidning özi ham hamkorlikda biznes qilib körişga qaror qilgandi.

Eldor ona şahri Jizzaxda birin-ketin uçta yönalişda biznesni yölga qöydi: kitob dökoni, öquv markazi va SMM agentligi. Bu bizneslar hozirda ozmi-köpmi daromad bilan işlaşda, barqaror ösişda davom etmoqda.

Endilikda muallif, Kun.uz'ning taklifiga asosan, “Biznes klass”ni qayta tiklamoqda. Loyiha “Biznesnoma” nomini oladi.

“Rebrendingdan keyingi ilk sonimizda oxirgi yillarda özim taşkil etgan uçta biznesni yoritib berişga qaror qildim. Bu uçala sohada ham tajribam yöq edi, bu bizneslarni investorlarning mablağlari bilan, muayyan kelişuvlar asosida yölga qöydim. Ötgan vaqt davomida qanday xatolarga yöl qöyganim, mavsumiy savdolarda olingan rekord foydalar, yopilib ketişimizga bir bahya qolgan holatlar, xullas, hammasi haqida birma-bir gapirib beraman”, – deydi Eldor Abdulvohid.

Körsatuvda yoş tadbirkor özining hozirgaça bosib ötgan hayot yöli hikoyasi, bolalikdagi kiçik bizneslari, Koreyadagi musofirçilik sarguzaştlari haqida ham gapirib ötgan.

“Biznesnoma” keyingi sonlaridan boşlab odatdagidek yanada qiziq va aktual tadbirkorlik sohalarini yoritişda davom etadi. Loyihada öz biznesini olib çiqmoqçi bölgan işbilarmon kişilar hamkorlik taklifi bilan @qabulnoma Telegram-manziliga bemalol murojaat qilişlari mumkin.

Loyihani ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: