O‘zbekiston | 10:12 / 14.01.2017
82383
2 daqiqa o‘qiladi

Uchrashmagan uchrashuvlar qoldi yo‘llarda: Shoira Tursunoy Sodiqova vafot etdi

O‘zbek xalqi va adabiyoti og‘ir judolikka uchradi. Shoira va publitsist, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Tursunoy Sodiqova foniy dunyoni tark etdi. Bu haqda shoir Muhammad Ismoil Facebook sahifasida xabar berdi.

Tursunoy Sodiqova 1944 yili Andijon viloyatida tavallud topgan. Yoshlik chog‘larida oilasi bilan Toshkentga ko‘chib kelgan va o‘rta maktabni ham shu yerda tamomlagan. 1961-1966 yillarda Toshkent Davlat universitetida (hozirgi O‘zMU) tahsil olgan.

Tursunoy Sodiqovanint «Hazrati ayol» (1999), «Yoningdagi baxt» (2000), «O‘g‘lim, senga aytaman» (2002) va boshqa publitsistik maqolalar to‘plamlari keng kitobxonlarning olqish va e'tirofiga sazovor bo‘lgan. 

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun!  

Kun.uz tahririyati Allohdan marhumaning barcha xayrli amallarini o‘ziga hamroh qilishini so‘rab, oila a'zolariga hamdardlik izhor qiladi hamda sabr tilaydi.