Özbek xalqi va adabiyoti oğir judolikka uçradi. Şoira va publitsist, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Tursunoy Sodiqova foniy dunyoni tark etdi. Bu haqda şoir Muhammad Ismoil Facebook sahifasida xabar berdi.
Tursunoy Sodiqova 1944 yili Andijon viloyatida tavallud topgan. Yoşlik çoğlarida oilasi bilan Toşkentga köçib kelgan va örta maktabni ham şu yerda tamomlagan. 1961-1966 yillarda Toşkent Davlat universitetida (hozirgi ÖzMU) tahsil olgan.
Tursunoy Sodiqovanint «Hazrati ayol» (1999), «Yoningdagi baxt» (2000), «Öğlim, senga aytaman» (2002) va boşqa publitsistik maqolalar töplamlari keng kitobxonlarning olqiş va e'tirofiga sazovor bölgan.
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun!
Kun.uz tahririyati Allohdan marhumaning barça xayrli amallarini öziga hamroh qilişini sörab, oila a'zolariga hamdardlik izhor qiladi hamda sabr tilaydi.








