Iqtisodiyot | 10:28 / 17.01.2017
5121
1 daqiqa o‘qiladi

Aleksandr Mamut Rambler&Co kompaniyasining 100 foiz aksiyasini sotib oldi

foto: TACC

Rossiyalik tadbirkor Vladimir Potaninning "Interros" guruhi Rambler&Co guruhining 50 foiz aksiyasini Aleksandr Mamutga sotdi, deb ma'lum qilmoqda TASS axborot agentligi.  

Shu tariqa Mamut guruhning 100 foiz aksiyasiga ega bo‘lgan.  

Rambler&Co kompaniyalar guruhi 2013 yilda "Afisha-Rambler" (Potaninning "Profmedia" xoldingi tarkibiga kirgan) va Mamutning SUP Media kompaniyalari aktivlari birlashishi natijasida tashkil etilgan. Rambler&Co 50 ga yaqin loyiha, jumladan Rambler.ru, Gazeta.ru, Chempionat.com saytlari, "Afisha", LiveJournal.com blog-platformasiga ega. 

Loyihalarning umumiy auditoriyasi 40 mln dan ko‘proq odamni tashkil qiladi.