Sport | 21:46 / 23.01.2017
15188
2 daqiqa o‘qiladi

Australian open. Barcha chorak final juftliklari ma'lum bo‘ldi

Melburnda davom etayotgan «Ulkan toj» turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatida nimchorak finalning barcha uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi va chorak final juftliklari ma'lum bo‘ldi.

Turnirning 1 va 2-tartib raqami ostidagi tennischilari musobaqa bilan xayrlashgan bo‘lishiga qaramay, bir qator kuchli sportchilar hamon o‘z yurishlarini davom ettirishmoqda. Quyida nimchorak finalning barcha natijalari va chorak final juftliklari bilan tanishib olishingiz mumkin bo‘ladi.

Australian open
Mukofot jamg‘armasi - 50 000 000 avstraliya dollari

1/8 final

Misha Zverev (Germaniya) – Endi Marrey (Buyuk Britaniya) 7:5, 5:7, 6:2, 6:4
Rojyer Federer (Shveytsariya) – Kei Nisikori (Yaponiya) 6:7, 6:4, 6:1, 4:6, 6:3
Sten Vavrinka (Shveytsariya) – Andreas Seppi (Italiya) 7:6, 7:6, 7:6
Jo-Vilfred Tsonga (Fransiya) – Den Evans (Buyuk Britaniya) 6:7, 6:2,6:4, 6:4
Rafael Nadal (Ispaniya) – Gael Monfis (Fransiya) 6:3, 6:3, 4:6, 6:4
Milosh Raonich (Kanada) – Roberto Bautista-Agut (Ispaniya) 7:6, 3:6, 6:4, 6:1
David Goffen (Belgiya) – Dominik Tim (Avstriya) 5:7, 7:6, 6:2, 6:2
Grigor Dimitrov (Bolgariya) – Denis Istomin (O‘zbekiston)  2:6, 7:6, 6:2, 6:1

1/4 final

Misha Zverev – Rojyer Federer (24 yanvar, 13:00)
Sten Vavrinka – Jo-Vilfred Tsonga (24 yanvar, 08:30)
Rafael Nadal – Milosh Raonich (25 yanvar, 06:00)
David Goffen – Grigor Dimitrov (25 yanvar, 08:00)

Mavzuga oid