Sport | 08:28 / 24.01.2017
4310
1 daqiqa o‘qiladi

Liberty Media «Formula-1» chempionatlarining yangi xo‘jayiniga aylandi

Amerikaning Liberty Media kompaniyasi «Formula-1» chempionatlarini o‘tkazish huquqini xarid qilish jarayonini yakunladi. Seriya rahbari sifatida rasman Cheyz Keri tayinlandi, u bundan avval F-1 raisi lavozimida ishlagan. Berni Ekklstoun, allaqachon rahbarlik lavozimini tark etishi haqida bayonot bergan. 

«Men rahbarlikka munosib ko‘rilganimdan xursandman. F-1 birinchiligining foydalanilmagan imkoniyatlari katta. O‘tgan yillar mobaynida ajoyib yetakchilik qilgan Berniga minnatdorlik izhor qilishdan xursandman. U va uning jamoasi sababli bu sport turi bugungi holatiga keldi. U har doim F-1 oilasining a'zosi bo‘lib qoladi», — deya Keri so‘zlaridan iqtibos keltiradi jamoa axborotnomasi. 

Mavzuga oid