Jamiyat | 12:52 / 30.01.2017
8906
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Antonio Banderas kasalxonaga olib ketildi
Buyuk Britaniyada mashhur aktyor Antonio Banderas kasalxonaga olib ketildi, deb xabar tarqatdi The Sun nashri. Gazeta ma'lumotiga ko‘ra, aktyor Surrey grafligidagi uyi yaqinida joylashgan kasalxonaga yetkazilgan.
Xabar qilinishicha, 56 yoshli Banderas mashg‘ulotlar vaqtida ko‘krak qafasida kuchli og‘riqni his etgan, shundan so‘ng tez yordam chaqirtirildi. Bir qancha vaqt o‘tgandan keyin aktyor uyiga yo‘l olgan.
Artist yuqoridagi gazeta bilan suhbatda, u bilan shunday “epizod” yuz berganini aytib, unga yordam ko‘rsatgan shifokorlar ishini baholadi.
Ma'lumot uchun, Banderas Britaniyaga 2015 yilga ko‘chib o‘tgan. U Surrey grafligidagi Kobxem shahrida istiqomat qiladi.