Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga yangi rahbar tayinlandi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Shermatov boshqarib turadi.
U bugun O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga yangi rais bo‘lib o‘tgan Xurshid Mirzohidovning o‘rniga vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Sherzod Shermatov (1977 yilda tavallud topgan) — Toshkent davlat texnika universiteti (1998 yil) va Yyel universiteti (AQSh, 2000 yil) bitiruvchisi.
U o‘tgan yilning noyabrida vazir o‘rinbosari etib tayinlangan, undan oldin Toshkentdagi Inha universiteti rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Ungacha esa Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalar davlat qo‘mitasi (hozirgi — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) raisi o‘rinbosari edi.
Mavzuga oid
18:24 / 15.03.2024
Chet tilini biladigan yoshlarning yuqori maoshli ishga joylashishiga yordam beriladi
09:05 / 15.03.2024
“Amerikaga qilingan umumiy eksportning yarmidan ko‘pi IT kesimiga to‘g‘ri keladi” – Sherzod Shermatov
12:12 / 05.01.2024
«112» tezkor raqami o‘z muddatida ishga tushmadi
13:41 / 26.08.2023