Ingliz, fransuz, nemis, koreys, yapon, rus, xitoy va arab tillarini yaxşi biladigan yoşlar ayti kompaniyalariga işga joylaştiriladi. Bunda talabgorning mutaxassisligi muhim emas. Bu yerdan sörovnomani töldirib, iş uçun ariza berib qöyiş mumkin.

Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov Özbekistonda yaşab turib, xorijiy ayti kompaniyalarda işlaş imkoniyati yaratilgani, buning uçun yoşlarga yordam berilişini ma’lum qildi.

“Biz çet mamlakatlarga borib, Özbekistonning ayti imkoniyatlarini tarğib qilyapmiz. Ular yurtimizga kirib kelganidan söng esa bizga çet tillarini mukammal biladigan yoşlar kerak. Ahamiyatli tomoni, ayti kompaniyalarda işlaş uçun faqatgina dasturçi böliş şartmas, boşqa köplab masofadan körsatiş mumkin bölgan xizmatlar bor. Bu juda imkoniyati keng soha, uşbu kompaniyalarda işlaş uçun çet tilini biliş, biroz salohiyat va harakat kifoya”, – dedi vazir 14 mart kuni bölib ötgan anjumanda.

Ma’lum qilinişiça, hozir çet tilini yuqori darajada biladigan 10 ming nafar yoşga ehtiyoj bor. Yil oxirigaça bu ehtiyoj 70 mingdan oşişi kutilmoqda.

Anjumandan keyin vazirlik rasmiy sahifalarida xorijiy til sertifikati bölgan yoki şunday yoşlarni tanigan aholiga murojaat qilib, sörovnoma töldirişlarini söragan. “Sörovnomani töldirib, özingiz haqingizdagi ma’lumotlarni qoldirişingizni söraymiz. Biz siz bilan boğlanib, ayti kompaniyalarga işga joylaşişingizga yordam beramiz”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Bu havola orqali röyxatdan ötib, sörovnomani töldirişingiz mumkin.