O‘zbekiston 2022 yilda 140 mln, 2023 yilda esa 344 mln dollarlik IT xizmatlarini butun dunyoga eksport qilgan. Birgina AQShning o‘ziga sotilgan xizmatlar 150 mln dollarni tashkil etadi. Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovga ko‘ra, mamlakatga ko‘plab xorijiy kompaniyalar kirgani va ularga sharoit yaratilgani sabab natijaga erishilgan. “Biz hech kimni majburlayotganimiz yo‘q, boshqa joylardan O‘zbekistonga kelishyapti”, – dedi u.

2017-2021 yillar davomida, 4 yilda IT park rezidentlarining eksport hajmi 50 baravardan ko‘proqqa oshib, yo‘q sohaning eksporti 40 mln dollarga chiqqan. Bu raqamlarni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Kun.uz’ga bergan intervyusida ma’lum qilgandi. Shuningdek, bu ko‘rsatkichni bemalol 100 mln dollardan oshirish mumkinligini aytgandi.

Ammo yaqinda vazirlik ma’lumotlarida 2023 yilda 344 mln dollarlik IT xizmatlari eksport qilingani e’lon qilindi. Bu kichik raqam emasligini O‘zbekiston xuddi shu yilda 530 mln dollarlik gaz, 366 mln dollarlik avtomobil eksport qilganidan ham ko‘rsak bo‘ladi.

Soha 344 mln dollarlik eksportga qanday qilib erishdi? Bu nimalar bilan asoslanadi? 14 mart kuni vazir Shermatov hamda OAV bilan o‘tgan uchrashuvda shu savollarga javob berildi. Unga ko‘ra, IT xizmatlarining eksporti bo‘yicha ko‘rsatkichlar 2020 yilda 16 mln dollar, 2021 yilda 46 mln dollarni tashkil qilgan.

2022 yilda gaplashganmiz [Kun.uz’ga berilgan intervyu nazarda tutilyapti], 100 mln dollar prognoz qilganmiz, lekin 140 mln dollar bo‘ldi. Va keyingi 2023 yilga 200 mln dollar reja qilgandik, keyin 200 emas, 300 mln dollarga oshiringlar deb vazifa qo‘yilgandi. Mana 344 mln dollar bo‘ldi.

Bunga erishishning sabablari to‘liq ekotizim qilindi. Ya’ni bu eksportni vazirlik qilmaydi. Eksportni IT kompaniyalari qiladi, ularni olib kelish uchun biz ularga sharoit qilib beramiz. Birinchi navbatda prezidentimizning tegishli qarorlari bilan ular [IT kompaniyalar]ga qilinayotgan sharoitlar [hisoblanadi]. Birinchisi – soliq rejimi dedik. Bu muhim narsa, lekin buning o‘zi yetarli emas. Xuddi shunday soliq imtiyozlari berilgan yo‘nalishlar bor, hali ularda eksport masalasini baribir o‘ylab ko‘rish kerak”,–