Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kalendarda qizil kun: 5 fevral kuni tug‘ilganlar terma jamoasi
Aleksandr Dyumaning «Grafinya de Monsoro» romanida Goranfloning akasi aytganidek, «Birodarlar, bugun ajoyib-majoyib kun!». Bugun jahon futboli uchun rostdan ham alohida kun, 5 fevral kuni ko‘plab ajoyib futbolchilar dunyoga kelgan. 67 yil oldin Shvetsiyaning Tursbyu shahrida Sven-Yoran Eriksson tug‘ilgan.

1965 yilning 5 fevralida, 52 yil muqaddam «Karpat Maradonasi» Georgi Xaji o‘z umr yo‘lini boshlagandi.

Ammo o‘tgan asrning 80-90-yillari sermahsul bo‘ldi, bu o‘n yilliklar muxlislarga Rodrigo Palasio, Karlos Teves, Krishtianu Ronaldu, Vedran Chorluka, Neymar va Adnan Yanuzayni tuhfa qildi. Yana birozdan keyin 5 fevral kuni tug‘ilganlar terma jamoasini tuzish ham mumkin bo‘ladi. Bugun Teves 33 yoshga, Yanuzay 22 yoshga to‘ldi.





Krishtianu Ronaldu 32 yoshda. U tug‘ilgan kunini 30 yanvar kuniyoq yangi mahbubasi Jorjina Rodriges bilan Madriddagi Tatel restoranida nishonladi. Paparatstsi portugaliyalik futbolchi va uning sherigini restoran eshigi oldida suratga tushirgan. Krishtianu o‘ziga xos kiyingandi - palto, futbolka, Chanel butsasi.

O‘tgan mavsum portugaliyalik futbolchi uchun omadli keldi, U FIFA va France Football versiyalari bo‘yicha eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Neymar – yana bir dunyo tan olgan futbolchi. Ammo u hali yo‘l boshida. Bugun u 25 yoshini nishonlamoqda. Ertami kechmi Ronaldu va Messi ketadi va ularning o‘rnini aynan Neymar egallaydi.

Mavzuga oid
20:42 / 03.06.2025
Neymar qo‘l bilan gol urmoqchi bo‘ldi va qizil kartochka oldi
19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi
22:32 / 31.01.2025
Braziliyaning «Santos» klubi Neymar qaytganini e’lon qildi
05:19 / 28.01.2025