Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 10:08 / 06.02.2017
9595
1 daqiqa o‘qiladi
Ibrahimovich APLda rekord o‘rnatdi
«MYu» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich «Lester»ga qarshi o‘yindagi gollardan biriga mualliflik qildi.
Shvetsiyalik hujumchi uchun bu APLning joriy mavsumidagi 15-gol bo‘ldi. Ibrahimovich bu natijani qayd etgan kunda 35 yoshu 125 kunlik edi va bunday natijaga erishgan yoshi eng katta futbolchi sifatida liga tarixiga kirdi.
U Angliya chempionati o‘yinlarida 3 golga hammualliflik ham qilgan.
Ibrahimovich «Manchester Yunayted»ga 2016 yil yozida «PSJ» safidan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish