Turkiyaning eng yirik kompaniyalari aksiyalari milliy farovonlik jamg‘armasiga o‘tkazildi
Turkiya hukumati qaroriga binoan, Turkiya farovonlik fondiga Turkish Airlines milliy aviatashuvchisining 49,12 foiz aksiyasi va mamlakatdagi eng yirik bank – Halkbank’ning 51,11 foiz aksiyalari o‘tkazildi.
Vazirlar mahkamasining yana bir qarori bilan farovonlik fondiga Turk Telekom telekommunikatsiya operatorining 6,68 foiz aksiyalari berildi. Ular avval Turkiya G‘aznachiligiga tegishli bo‘lgan.
Turkiya milliy farovonlik jamg‘armasi 2016 yilning sentabr oyi oxirida tashkil etilgan.
Jamg‘arma tufayli mamlakatning mudofaa sanoati, aviatsiya va dasturiy ta'minot sohalarida ishlovchi ko‘plab kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash imkoni yaratildi. Shu tariqa turk kompaniyalari xalqaro darajaga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Turkiya milliy farovonlik jamg‘armasi ustav kapitali 50 million turk lirasi (15 million dollardan ko‘proq) darajasida belgilangan. Taxminlarga ko‘ra, jamg‘arma mablag‘lari kelajakda 200 milliard turk lirasi (60 milliard dollardan oshiqroq)ga yetishi kerak.
Jamg‘arma “Istanbul” kanali, Istanbuldagi uchinchi aeroport qurilishi, tez yurar temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish va boshqa yirik loyihalarni amalga oshirishni osonlashtiradi.
Shu tariqa, Turkiya oz fursat ichida iqtisodiy sohada keng ko‘lamli tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, xalqaro maydonda mamlakatning obro‘si ortadi.
Mavzuga oid
00:32 / 04.12.2022
Turkiyaning birinchi uchuvchisiz qiruvchi samolyoti sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi
00:54 / 03.12.2022
Turkiyalik sharhlovchi JCh-2022 o‘yini tanaffusida efirdan chetlatildi
11:10 / 28.11.2022
O‘zbekiston va Turkiya yirik logistika infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirmoqchi
17:10 / 25.11.2022