Jamiyat | 07:34 / 09.02.2017
86636
2 daqiqa o‘qiladi

Suxandon Nasiba Maqsudova 68 yoshida olamdan o‘tdi

O‘zbekiston keng jamoatchiligi yana bir judolikka uchradi. Millionlarning sevimli suxandoni, sermahsul jurnalist, bag‘ri keng ustoz Nasiba Maqsudova kuchli yurak xuruji oqibatida 8 fevral kuni vafot etdilar. 

Televideniyega ilk qadam qo‘yganiga 55 yil, suxandon lavozimiga ishga qabul qilinganiga 50 yil to‘lgan, bir necha mualliflik ko‘rsatuvlari tayyorlab, o‘zining ko‘pmillionli tomoshabinlariga ega bo‘lgan Nasiba Maqsudova "Shuhrat" medali, "Oltin qalam" milliy mukofoti sohibasi edilar. Ularni Respublikamizning har bir go‘shasida sevuvchi yurtdoshlarimiz bor edi... So‘nggi yillarda «MY5» telekanalidagi «Diydor shirin» ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi sifatida samarali mehnat qilib kelayotgan edi. 

Nasiba Maqsudova 1948 yilda tavallud topgan. U bir necha o‘n yillar mobaynida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida faoliyat olib borgan. 

Kun.Uz tahririyati marhumaning yaqinlariga chuqur hamdardligini izhor qiladi va sabr tilaydi. Alloh yaxshi amallarini o‘ziga hamroh qilsin! 

Mavzuga oid