Sport | 20:14 / 12.02.2017
6719
2 daqiqa o‘qiladi

Biatlon JCh-2017. Rafiqasidan ilhomlangan Borndalen 45-marta shohsupaga ko‘tarildi

Avstriyaning Xoxfiltsen shaharchasida davom etayotgan biatlon bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida quvlashmachoq poygada sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi.

Fransiyalik biatlonchi Marten Furkad sprintda uchinchi bo‘lib start olganiga qaramasdan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Furkad o‘q otishda bir marta xatolikka yo‘l qo‘ydi. Bu fransuz sportchisining jahon chempionatlaridagi 11-oltin medali bo‘ldi. Furkad hisobida jami 23ta medal (11 oltin, 9 kumush, 3 bronza) mavjud.

Ikkinchi bo‘lib marraga norvegiyalik Yoxannes Byo yetib keldi (20ta o‘q otishdan 17ta aniq). Bu 23 yoshli Byoning JChdagi 8-medali bo‘ldi (3-3-2).

Ayollar o‘rtasidagi musobaqada mo‘'jiza ko‘rsatib, bir yo‘la 25 pog‘ona ko‘tarilishga muvaffaq bo‘lgan Darya Domracheva turmush o‘rtog‘ini ham ruhlantira olgani ma'lum bo‘ldi. 43 yoshli Ule Eynar Borndalen bu poygada uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 20 karra jahon chempionatining bu musobaqa tarixidagi 45-medali bo‘ldi (20-14-11).

Jahon chempionati musobaqalari 15 fevral kuni davom ettiradi. Endi sportchilar individual poygalarda ishtirok etishadi. Dastlab ayollar 15 km masofada kuch sinashsa, ertasi kuniga erkaklar 20 km masofada g‘oliblik uchun kurashga kirishadi.

Mavzuga oid