Jahon | 18:17 / 14.02.2017
5326
2 daqiqa o‘qiladi

Manba: Merkel Isroilga tashrifini parlamentdan noroziligi tufayli bekor qildi

Germaniya federal kansleri Angela Merkel Isroilga 10-may kuniga rejalashtirilgan tashrifini bekor qildi, deb yozmoqda Isroilning Haaretz gazetasi.
 
Gazetaning kansler ma'muriyatiga asosan yozishicha, Merkel tashrifni Germaniyada sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari tufayli bekor qilgan.

Shu bilan bir qatorda, Isroil va Germaniyadagi shaxsi ochiqlanmagan hukumatdagi manbalarning ta'kidlashicha, tashrifni bekor qilinishi saylovlar bilan bog‘liq emas, balki federal kanslerning Knesset (Isroil parlamenti) qonun loyihasidan noroziligidadir. U falastinliklar shaxsiy mulki bo‘lgan yerlarda to‘rt mingga yaqin uylarni qurishni ko‘zda tutgan.

Berlin va Tel-Aviv Merkelning Isroilga bo‘lgan tashrifi bekor qilinishi bo‘yicha rasmiy bayonot berishmadi. 

Avvalroq Isroil parlamenti ikkinchi va uchinchi o‘qishda falastinlik arablarga tegishli yerlarda uylar qurishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

Ma'lumot uchun, Isroil Sharqiy Qudusni egallab olgan 1967 yildan beri, bu yerga taxminan 200 ming yahudiylar ko‘chib kelgan  bo‘lsa, Iordan daryosining G‘arbiy sohiliga – 400 ming inson kelgan. Xalqaro huquq normalariga asosan barcha yahudiylar turargohlari noqonuniy deb hisoblanadi.

Mavzuga oid