«Hizbulloh» guruhi 71 yoşli Naim Qosimni özining yangi rahbari sifatida e’lon qilgan. U Isroil aviazarbasi oqibatida halok bölgan Hasan Nasrullohning örinbosari bölgan va livanliklar guruhidagi nufuzli arboblardan biri sanaladi.

Guruhning agentlik tomonidan iqtibos keltirilgan bayonotida şöro kengaşi («Hizbulloh»ning asosiy boşqaruv organi) şayx Naim Qosim yangi boş kotib etib saylangani ma’lum qilingan. Guruh vakillari «ğalabaga erişilmaguniça» marhum Hasan Nasrullohning işini davom ettirişga ont içişgan.

Nasrullohning ölimidan keyin Qosim uç marta telemurojaat qilib çiqdi, xususan, 8 oktyabr kuni u «Hizbulloh» Isroil bilan uruşda öt oçilişi töxtatilişiga qaratilgan sa’y-harakatlarni qöllab-quvvatlaşini aytgandi.

Qosim bu lavozimga tayinlangani töğrisidagi xabarga javoban Isroil hukumati uni ham Nasrulloh va uning vorisi Hoşim Safiuddinning qismati (u ham Isroil zarbasi oqibatida halok bölgandi) kutayotgan bölişi mumkinligiga işora qilgan.

«Uning bu lavozimdagi muddati, agar u ötmişdoşlari Hasan Nasrulloh va Hoşim Safiuddin kabi harakat qilsa, uşbu terrorçilik taşkiloti tarixidagi eng qisqa muddat bölişi mumkin, — deyilgan Isroil hukumatining X (sobiq tvitter) ijtimoiy tarmoğidagi arab tilida yuritiladigan rasmiy sahifasida. — Livan uçun uşbu taşkilotni harbiy kuç sifatida tarqatib yuborişdan özga yeçim yöq».

Qosim haqida nimalar ma’lum?

BBC ning Yaqin Şarqdagi muxbiri Hyugo Baçeganing ma’lum qilişiça, Qosim 30 yildan ortiq vaqt mobaynida «Hizbulloh» rahbari örinbosari bölib kelgan va uning eng taniqli yuzlaridan biri sanaladi.

Qosim Bayrutda tuğilgan va 1982 yilda «Hizbulloh» asosçilaridan biri bölgan.

U 1991 yilda, taşkilotga Abbos al-Musaviy rahbarligida (u bir yil ötib isroilliklar vertolyotidan berilgan zarba qurboni bölgandi) boş kotib örinbosari lavozimini egallagan.

Qosim «Hizbulloh»ning omma köz öngidagi asosiy rasmiylaridan bölgan va xorijlik jurnalistlarga tez-tez intervyu beradi.

2006 yilda, «Hizbulloh» Isroil bilan keng kölamli uruş boşlaganidan keyin, Nasrulloh amalda jamoatçilik qarşisida çiqişni töxtatadi va şundan buyon aynan Qosim guruh nomidan asosiy bayonotlarni bera boşlaydi.