Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Yaqin Şarqdagi Falastinlik qoçqinlarga yordam agentligi (UNRWA) kelasi yili Isroil hududidagi «barça faoliyatini» töxtatişi kerak. Isroil parlamenti 28 oktyabr, duşanba kuni munozarali qonun loyihasini 92 ta ovoz bilan ma’qulladi, deb xabar berdi AP.
Dpa aniqlik kiritişiça, yangi qonunçilik UNRWA Falastin hududlarida öz faoliyatini davom ettira olmasligini anglatadi, çunki Isroil çegara ötiş joylarini nazorat qiladi.
Yetti davlat UNRWA'ning Isroilda taqiqlanişiga qarşi çiqdi
Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Koreya Isroil parlamentining Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Yaqin Şarqdagi Falastinlik qoçqinlarga yordam işlari agentligi (UNRWA) işini jiddiy çeklaydigan qonun loyihalaridan «çuqur xavotir bildirmoqda». Bu haqda 27 oktyabr kuni Buyuk Britaniya taşqi işlar vazirligi e’lon qilgan yetti davlat taşqi işlar vazirliklarining qöşma bayonotida aytiladi.
«UNRWA Ğazo sektori, Şarqiy Quddus, Ğarbiy sohil va butun mintaqadagi falastinlik qoçqinlarga muhim va hayotni saqlab qoladigan insonparvarlik yordami va asosiy xizmatlarni taqdim etadi. Uning işisiz bu yordam va xizmatlar, jumladan, ta’lim, soğliqni saqlaş va Ğazoda yonilği taqsimoti masalasi juda qiyinlaşadi», deyiladi ma’lumotda.
Taşqi işlar vazirlari Isroil hukumatini xalqaro majburiyatlarini bajarişga, UNRWA imtiyoz va immunitetlarini saqlab qolişga hamda barça şakllarda töliq, tez, xavfsiz va çeklanmagan gumanitar yordam körsatiş, şuningdek, juda zarur bölgan asosiy xizmatlarni taqdim etiş böyiça öz majburiyatlarini bajarişga «qattiq çaqirdi».








