Orol dengizida geologiya-qidiruv ishlarini olib borgan kompaniya faoliyati tugatilmoqda
Aral Sea Operating Company qo‘shma korxonasi ta'sischilari o‘z xohishiga ko‘ra uning faoliyatini tugatish haqida qaror qabul qilishdi. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.
Kompaniya ma'lumotiga ko‘ra, Aral Sea Operating Company qo‘shma korxonasi ishtirokchilari korxonani o‘z xohishlariga ko‘ra tugatish haqida qaror qabul qilishgan. Kompaniya Orol dengizining O‘zbekistondagi qismida geologiya-qidiruv ishlarini olib borgan.
2006 yilning avgustida O‘zbekiston hukumati va «O‘zbekneftgaz», Rossiyaning «LUKOYL Oversiz», Malayziyaning Petronas, Koreyaning KNOC hamda Xitoyning CNPC kompaniyalari tarkibidagi xalqaro konsorsium ushbu loyiha bo‘yicha 40 yilga mo‘ljallangan kelishuv imzolashdi.
2011 yilning mayida konsorsiumdan Petronas chiqqan bo‘lsa, 2013 yilning sentabrida – KNOC tark etdi. Ayni damda «O‘zbekneftgaz»ning konsorsiumidagi ulushi 33,4 foizga teng bo‘lsa, CNPC va «LUKOYL Oversiz» - 33,3 foizga ega. Kelishuv talablariga ko‘ra, O‘zbekistonning kelishuvdagi minimal ulushi birinchi bosqichda 50 foizni tashkil etadi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024